Asosiy menu

«Armiya - yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzi» respublika tanlovi


«Armiya - yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzi» respublika tanlovi

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Matbuot va axborot agentligi, Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mudofaa vazirligi va Milliy teleradiokompaniya hamkorligida 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi hamda 
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan jurnalistlar o‘rtasida  

«Armiya - yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzi»

respublika tanlovini e'lon qiladi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarda Qurolli Kuchlarimiz faoliyati va harbiy sohada olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, sarhadlarimiz daxlsizligini, osmonimiz musaffoligini, el-yurt osoyishtaligini ta'minlash yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan harbiylarning mardona xizmati, ofitser va serjant kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolariga ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar chuqur tahlil etilgan va har tomonlama yoritilgan bo‘lishi lozim.

«Armiya - yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzi» tanlovi ommaviy axborot vositalarining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:
- bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari (1-, 2-, 3-o‘rin);
- telejurnalistlarning ko‘rsatuvlari (1-, 2-, 3-o‘rin);
- radiojurnalistlarning eshittirishlari (1-, 2-, 3-o‘rin);
- internet nashrlaridagi materiallar (1-, 2-, 3-o‘rin).
- fotojurnalistikaga oid materiallar (1-, 2-, 3-o‘rin).

Tanlov g‘oliblari diplom va qimmatli mukofotlar bilan taqdirlanadi:
Tanlovga 2016 yil davomida hamda 2017 yilning 31 martigacha gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e'lon qilingan maqolalar, radio va televideniye kanallarida efirga uzatilgan materiallar (kamida 5 ta) 2017 yilning 5 apreligacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari ro‘yxati matbuotda e'lon qilinadi.

Tanlovga taqdim etilayotgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
- muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida ma'lumot (ob'yektivka) ;
- muallifning pasporti nusxasi;
- ish joyidan tavsiyanoma;
- muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.

Ijodiy ishlar «Armiya - yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzi» tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi
Telefonlar: 244-64-61; 244-37-87
www.journalist.uz