Asosiy menu

YXHT vakillari bilan uchrashuv


YXHT vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 12 oktyabr kuni O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va YXHTning saylov bo‘yicha Departament mudiri Aleksandr Shlik boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, axborot almashuvi, matbuot, noshirlik va matbaachilik sohalarida davlat siyosatini ishlab chiqish va bajarish masalalari muhokama etildi. 

Suhbat davomida mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalarining soni 395 tadan 1472gacha ko‘paygani qayd etildi.

Ekspertlarning kelishidan maqsadlarini bildirish barobarida O‘zbekistonda saylov jarayonini yaxshilash va ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha YXHTning tavsiyalarini bajarilishiga qiziqish bildirishdi. 

Shuningdek, delegatsiya vakillari ommaviy axborot vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiya qilish va saylov jarayonining yoritilishini monitoring qilish  masalalariga to‘xtab o‘tdilar. 

O‘tgan davr davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan 3000 dan ziyod materiallar e'lon qilingani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida ekspertlar va Agentlik vakillari O‘zbekiston va YXHT har qanday hamkorlik muhim ekanligini, sohada xalqaro talab va standartlarga mos qonunchilik bazasi yaratilganini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining saylovi talab darajasida o‘tkazilishini qayd etishdilar.

Suhbat davomida ekspertlar o‘zlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.