Asosiy menu

"Ta'lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining xavfsiziligi to‘g‘risida umumiy texnik reglament" talablariga bag‘ishlangan seminar (07.07.2015y.)

2015 yil 7 iyulda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida "O‘zstandart" agentligi, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta'limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari ishtirokida "Ta'lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining xavfsiziligi to‘g‘risida umumiy texnik reglament" talablarining mazmun-mohiyati, xavfsizligi va sifatni belgilovchi me'yorlarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda davlat nashriyot-matbaa ijodiy uylari, xususiy nashriyotlar va matbaa korxonalarining rahbar xodimlari ishtirok etdilar. 

Unda o‘quvchilarni yurtimiz matbaa korxonalarida zamon talablariga muvofiq ishlab chiqarilgan sifatli, ekologik talab va me'yorlarga javob beruvchi, milliy ma'naviyatimizga mos xavfsiz bosma mahsulotlar bilan ta'minlash mavzusiga katta e'tibor qaratildi.

Ma'ruzachilar texreglament ta'lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga yaratayotgan qulayliklari haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tdilar.
 
Shu bilan birga ushbu texreglament kuchga kirishi bilan ta'lim muassasalariga mo‘ljallangan matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qabul qilingan Davlat standartlari hamda DSEM talablari ihtiyoriy normalarga aylantirilishi tushuntirildi. 

Seminar so‘ngida ko‘rilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar oldilar.

Ma'lumot uchun: Umumiy texreglament 6 oydan keyin, ya'ni 2015 yilning dekabr oyida kuchga kiradi.