Asosiy menu

Respublika “Kitob bayrami” (28-30 may 2015 y.)

Respublikamiz aholisining, ayniqsa yosh avlodning ma'naviy va intellektual ehtiyojlarini qondirishda kitobning o‘rni va ahamiyatini yanada kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yozuvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2015 yilning 28-30 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida «Adabiyotga e'tibor - ma'naviyatga, kelajakka e'tibor» shiori ostida Respublika «Kitob bayrami» o‘tkazilmoqda.

Sayl tarzida tashkil etiladigan bayram tadbirlarida adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy hamda ensiklopedik yo‘nalishdagi kitoblarning taqdimotlari, «Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalar targ‘ibotiga bag‘ishlangan nashrlar namoyishi, «Namunaviy kitob do‘koni» respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi hamda taniqli adib va shoirlar bilan uchrashuvlar, sovrinli viktorinalar, san'at ustalarining konsertlari bo‘lib o‘tadi.

Ma'lumot uchun telefon - 244-12-61, 244-32-33